O‘zbekiston | 22:18 / 05.02.2018
32416
2 daqiqa o‘qiladi

Xalq ta'limi vaziri maktab formalari bo‘yicha bayonot berdi

Foto: KUN.UZ

Ota-onalar takliflarini inobatga olgan holda hamda o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy tabaqalashuvning oldini olish maqsadida maktab o‘quvchilarining formalari dizaynini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e'lon qilinib, yakuniga yetdi. Unda o‘quvchilarning yoshi, jinsiga qarab, uch toifa (boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari) bo‘yicha ko‘plab forma dizaynlari taklif etildi. 

Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovning so‘zlariga ko‘ra, forma dizaynlari mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib, bugungi kunda har bir yosh toifasi bo‘yicha 4 tadan forma ajratib olingan. Ularning rangiga ham alohida e'tibor qaratilgan.

Hozirda bu formalar muayyan maktablarda amaliy sinovdan o‘tkazilmoqda va ota-onalar tomonidan maxsus nazoratga olingan. 

O‘quvchilar bu formalarda o‘zlarini qanday his qilishmoqda? Formalarning chidamliligi qanday, ularni qanday tutish, qanday yuvish kerak? Bularning bari muntazam kuzatilib, ota-onalar tomonidan maxsus kartochkalarga belgilab boriladi va yil oxirida taqdim etiladi. Qaysi forma sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, shu forma kelgusi o‘quv yilida ta'lim muassasalarida keng targ‘ib qilinadi. 

Mavzuga oid