Xalqaro qatnovlar uchun aviachiptalar tannarxidan past narxlarda sotilishi kutilmoqda
Prezidentning "Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi (MAK)ga qatnovlar raqobatbardoshligini ta'minlash maqsadida xalqaro qatnovlar uchun aviachiptalarni tannarxidan past narxlarda sotish huquqi beriladi.
Moliya vazirligi "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK bilan birgalikda ikki oy muddatda MAKning soliq solinadigan bazasini arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha sotilgan aviachiptalar summasiga kamaytirish mexanizmini joriy qiladi.
Shuningdek "O‘zbekiston havo yo‘llari"ga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda xorijiy turistlarni jalb qilish prognozini tasdiqlash hamda MAKning xorijdagi vakolatxonalari rahbarlari va xodimlarini bo‘lish mamlakatidan sayyohlar oqimini ko‘paytirganlik uchun o‘z mablag‘lari hisobidan mukofotlash tavsiya etildi. Yuklangan vazifalarning bajarilishi ta'minlanmagan holatlarda javobgarlik choralarini qo‘llash tizimini joriy etiladi.
Mavzuga oid
20:50 / 17.09.2024
Rossiyalik bloger O‘zbekiston poyezdidagi sayohatni «haqiqiy sinov» deb ta’rifladi
17:32 / 30.08.2024
Taniqli aktyor O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi
19:57 / 28.08.2024
Toshkent dunyoda taksi narxi arzon bo‘lgan shaharlar qatoriga kiritildi
17:50 / 15.08.2024