Pokistonlik toliblar yetakchisi AQSh droni yordamida yo‘q qilindi – OAV
Pokistonlik toliblar yetakchisi Said Sajna AQShning uchuvchisiz parvoz qurilmasi zarbasi bilan yo‘q qilindi. Bu haqda Afg‘oniston televideniyesi ma'lum qilgan.
Biroq Sajnaning qayerda yo‘q qilingani bo‘yicha turli versiyalar berilgan. Versiyalardan biriga ko‘ra, Pokistonning shimoli-g‘arbida joylashgan “Tahrik-i-Tolibon Pokiston” (TTP) harakati yetakchisi Pokistonning Shimoliy Vaziriston viloyatida yo‘q qilingan. Boshqa manbalarning ma'lum qilishicha, voqea Afg‘oniston hududida yuz bergan.
Televideniye Afg‘oniston hukumatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Sajna bilan birga uning Ismoil ismli jiyani va ikki tansoqchisi o‘ldirilganini ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinishicha, Sajna TTPga 2013 yilning oxirida Xakimulloh Maqsud o‘rniga tayinlangan. Maqsud ham o‘z vaqtida AQSh droni tomondan yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024