APL. «Tottenhem» Keyn goli evaziga «Arsenal»ni mag‘lub etdi
Angliya Premer-Ligasining 27-turida «Tottenhem» o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qildi.
O‘yin taqdirini ikkinchi bo‘lim boshida Harri Keyn tomonidan urilgan yagona gol hal qildi. Futbolchi Ben Devisning chap qanotdan jarima maydoniga oshirgan to‘pini boshi bilan darvozaga yo‘lladi.
Bu natijadan so‘ng, «Tottenhem» 52 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi. «Arsenal» 45 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.
APL, 27-tur
Tottenhem – Arsenal 1:0 (0:0, 1:0)
10 fevral, «Uembli»
Gol: 1:0 – 49 Keyn.
Tottenhem – Loris, Sanches, Devis, Tripper, Vertongen, Dayyer, Dembele, Eriksen, Alli (Vanyama, 85), Son Xyon Min (Lamela, 70), Keyn.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, El-Nenni (Ivobi, 65), Chaka (Uelbek, 86), Uilsher, O‘zil, Mxitaryan (Lyakazett, 65), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Mustafi (73), Lamela (79), Dayyer (90).
Mavzuga oid
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
14:17 / 06.09.2024
Transfer oynasi sarhisobi: Top-15 klublarning yozgi kampaniyasi reytingi
12:06 / 01.09.2024
Yamal Messidan tezroq, Lukaku maydon o‘yinchisiga gol urdi
13:53 / 29.08.2024