Omon qolganlar yo‘q. Moskva yaqinidagi halokatning yangi tafsilotlari ma'lum qilindi
«Saratov avialiniyalari» kompaniyasining Moskvadan Orskka yo‘l olgan An-148 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashidan omon qolganlar yo‘q. Bu haqda favqulodda xizmatlardagi manbalar mahalliy nashrlarga tasdiqlagan.
An-148 «Domodedovo» aeroportidan parvoz qilganidan so‘ng radarlardan yo‘qolgan samolyot Moskva viloyatining Ramenskiy tumani hududiga, Argunovo qishlog‘i yaqiniga qulagan. Havo kemasi bortida 71 kishi — 65 yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.
Qishloq yaqinida samolyot qoldiqlari topildi. Shu bilan birga hududdan boshqa bir uchish jismiga tegishli bo‘laklar aniqlangan.
«Interfaks» agentligi ushbu samolyot boshqa bir vertolyot bilan to‘qnashish oqibatida halokatga qulagani haqida xabar tarqatdi. Bu «Pochta Rossii»ga tegishli vertolyot bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
14:01 / 15.11.2024
Lavrov samolyotiga xorijda yonilg‘i quyishdan bosh tortishayotganidan shikoyat qildi
11:47 / 13.11.2024
Moskvada chaqiriluvchilarga Rossiyadan chiqib ketish taqiqlangani haqida xabar berildi
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
12:02 / 02.11.2024