IIB rahbarlari huquqlari Prezident qarori bilan belgilab berildi
Toshkent shahridagi shahar ichki ishlar bo‘limlari ichki ishlar bo‘limlari sifatida qayta tashkil etiladi va ular zimmasiga sektorlar hududlarida jamoat tartibi saqlanishi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshirish uchun javobgarlik yuklatiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” qarorida shu haqida ta'kidlangan.
Yangi qarorga muvofiq, Ichki ishlar bo‘limlari rahbarlariga quyidagi huquqlar beriladi:
• biriktirilgan hudud doirasida ichki ishlar bo‘limi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha mustaqil qarorlar qabul qilish;
• qo‘l ostidagilar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan ta'sirchan choralar ishlab chiqish, biriktirilgan patrul-post xizmati naryadlarining kundalik dislokatsiyasini belgilash;
• biriktirilgan hududdagi tezkor va kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ichki ishlar bo‘limi kuch va vositalarini joylashtirishni amalga oshirish.
Mavzuga oid
09:30
Toshkentda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing 15 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
12:20 / 28.09.2024
“Tezligim 80 da edi” – 19 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi
22:30 / 27.09.2024
“Uy-joy bozori haliyam yovvoyi holatda” – ekspertlar bilan katta suhbat
19:10 / 27.09.2024