SSP biznes yuritish odobi kodeksini ishlab chiqdi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan biznes yuritish odobi kodeksi ishlab chiqildi. Hujjat korporativ qadriyatlarni belgilashni nazarda tutadi. Ularga rioya etilishi tijorat tashkiloti va uning xodimlarining ishbilarmonlik odobini belgilovchi va obro‘-nufuzini shakllantiruvchi asosiy odob-axloq prinsiplariga sodiqligini, tashkilotning raqobatdoshligi va samaradorligini namoyish qiladi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.
Mazkur ishlab chiqilgan Odob kodeksi loyihasining asosiy maqsadi ishbilarmonlik odobi va xulq-atvorining muhim qadriyatlari, prinsip, qoida va normalarini mustahkamlash, yuksak odob standartlariga asoslangan yagona korporativ madaniyatni rivojlantirish, o‘zaro hurmat va insoflilikni ta'minlash, ishbilarmon hamjamiyat tomonidan tijorat tashkilotlariga ishonchni oshirish va saqlash, biznesni halol va axloq-odob doirasida yuritishga ko‘maklashish, suiiste'molliklar va qonun hujjatlarining buzilishini bartaraf etish hisoblanadi.
Loyiha quyidagilarni tartibga soluvchi 8 bobdan iborat:
• biznes yuritishning asosiy prinsiplari;
• xodimlarning o‘zini tutish normalari;
• tashkilotning aksiyadorlar, davlat organlari, jamoat tashkilotlari, hamkorlar, raqobatchilar va boshqa manfaatdor shaxslar bilan o‘zaro munosabatlari;
• korrupsiya, tovlamachilikka qarshi kurashish va manfaatlar ixtilofini bartaraf etish;
• javobgarlik.
Mavzuga oid
13:05 / 27.12.2023
Iqtisodiy protsessual kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi
07:26 / 27.12.2023
Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
19:29 / 06.09.2023
“Biznes vakillari ko‘paygan, tarkib kuchaygan” - SSP yangi tadbirkorlik kengashi haqida
14:05 / 26.08.2023