O‘zbekiston | 17:33 / 16.02.2018
74031
1 daqiqa o‘qiladi

Avtotransport vositalari bo‘yicha notarial bojlar qayta ko‘rib chiqildi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 123-son qarori bilan notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari qayta ko‘rib chiqildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligi axborot xizmati  xabar bermoqda. 

Qaror bilan davlat boji miqdorlarini hisoblash tizimi yanada soddalashtirilib, aholi uchun bir qancha yengilliklar yaratildi. Jumladan:

avtomashinani boshqarish yoki sotish huquqi bilan ishonchnomalarni yaqin qarindoshlarga berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari, begona shaxslarga berganlik uchun esa eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida davlat boji undirilishi belgilandi. Bunda davlat boji miqdori 1,7 baravarga arzonlashdi;

avtomashinalarni oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji avtomashinaning chet elda yoki mamlakatimizda ishlab chiqarilganligidan qat'iy nazar, bir xil belgilandi va uning miqdori o‘rtacha 2-5 marotabaga arzonlashdi.

Mavzuga oid