Jahon | 10:38 / 16.02.2018
10121
1 daqiqa o‘qiladi

Breyvik afsusda ekani haqida birinchi marta ma'lum qildi

Foto: EPA

Norvegiyalik terrorchi Anders Breyvik o‘zi sodir qilgan xatti-harakatlardan afsusda ekani haqida birinchi marta ma'lum qildi. Bu haqda Verdens Gang gazetasi xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Breyvik o‘zi saqlanayotgan qamoqxona ma'muriyatiga maktub bilan chiqqan. Unda o‘z xatti-harakatlaridan pushaymon ekani va «fashistlar mafkurasidan» voz kechganini ma'lum qilgan.

Breyvik ommaviy qotillik uchun 21 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 2011 yilning 22 iyul kuni u multimadaniyat va «musulmonlar bostirib kirganiga» protest sifatida 77 kishini o‘ldirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jyeyson Born haqidagi filmlar rejissyori 77 kishini o‘ldirgan terrorchi haqida kino suratga olishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid