"Oltin qalam" XIII milliy mukofot xalqaro tanloviga start berildi
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, ommaviy axborot vositalari xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun keng sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy-tahliliy mushohada va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish va rag‘batlantirish maqsadida “Oltin qalam” XIII milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o‘tkazadi.
3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlangan bu tanlovga 2017 yilning 31 martidan 2018 yilning 31 martigacha – bir yil davomida gazeta va jurnallarda chop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televideniyeda ko‘rsatilgan va Internet nashrlarida berilgan materiallar 2018 yilning 10 apreligacha qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta'sis etilgan:
Jurnalistika sohasida bosh milliy mukofot
G‘olib maxsus diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Asosiy mukofotlar:
- Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televideniye – 1-, 2-, 3-o‘rinlar);
- Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (radio – 1-, 2-, 3-o‘rinlar);
- Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (bosma ommaviy axborot vositalari – 1-, 2-, 3-o‘rinlar);
- Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (Internet-jurnalistika – 1-, 2-, 3-o‘rinlar).
Birinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 160 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanishadi.
Ikkinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 140 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanishadi.
Uchinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 120 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanishadi.
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar uchun nominatsiyalar:
- ommaviy axborot vositalarida kitobxonlik madaniyati targ‘ib qilingan eng yaxshi material uchun;
- chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun;
- eng yaxshi fotoreportaj;
- eng yaxshi matbuot xizmati.
Mazkur nominatsiyalar g‘oliblari diplom, “Oltin qalam” statuetkasi va eng kam ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
“Oltin qalam” tanlovi g‘oliblarini mukofotlash, shuningdek, uni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondining moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi.
Shuningdek, milliy hamkorlar hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YuNeSKO kabi qator xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari va elchixonalar ham o‘z rag‘batlantiruvchi mukofotlarini ta'sis etgan.
Tanlov shartlari:
- Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda Internet nashrlarida e'lon qilingan ishlar taqdim etiladi (5 tadan kam bo‘lmasligi kerak).
- Televideniye bo‘yicha videomateriallar (CD, DVD diskda) 3 daqiqadan 30 daqiqagacha bo‘lishi kerak.
- Radioeshittirishlar (CD, DVD diskda) 5 daqiqadan 30 daqiqagacha bo‘lishi kerak.
- Matbuot va Internet materiallari asl nusxada yoki ko‘chirma nusxada taqdim etilishi lozim.
Tanlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
- muallif haqida ma'lumotnoma (obektivka);
- muallifning turar joyi, uy va ish telefonlari;
- pasport nusxasi.
Tanlov g‘oliblarini tantanali mukofotlash marosimi 2018 yil 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kunida tantanali ravishda o‘tkaziladi.
Mukofot bir shaxsga takroran berilmaydi.
Materiallar “Oltin qalam” tanloviga” deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, 3-qavat.
Telefonlar: 244-64-61, 244-37-87.
Mavzuga oid
16:01 / 05.11.2024
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi
19:41 / 30.10.2024
Toshkentga to‘rtta kirish darvozasi quriladi
09:08 / 27.06.2024
"Har bir fuqaro uchun – bir daraxt" ko‘rik-tanlovi tashkil etiladi
16:02 / 17.05.2024