Sport | 09:48 / 17.02.2018
8949
1 daqiqa o‘qiladi

Pyongchangdagi media-qishloqda koreyalik jurnalist jonsiz holda topildi

Foto: RIA Novosti/ Vladimir Astapkovich

Qishki Olimpiada o‘tayotgan Pyongchangda OAV xodimlari yashaydigan media-qishloqda koreyalik jurnalist jonsiz holda topildi. Bu haqda Olimpiada tashkiliy qo‘mitasida ma'lum qilindi.

Jurnalist 55 yoshda bo‘lgan. U yapon telekompaniyalaridan birida tarjimon bo‘lib ishlagan. 

Tashkiliy qo‘mita vakili Son Pek Yuning aytishicha, jurnalistning xonadoshi uni uyg‘otmoqchi bo‘lganda, o‘lik holda ekanligini aniqlagan.

Marhumni taniganlarning aytishicha, u bundan avvalroq o‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan. Politsiya ushbu hodisani tergov qila boshlagan.

Olimpiada tashkilotchilari ko‘ngilni xira qiluvchi ba'zi vaziyatlarga duch kelishmoqda. Xususan, Olimpiadada 250 ga yaqin odam, jumladan sportchilar norovirus bilan zararlanishgan. Shuningdek, tashkilotchilar ko‘p miqdordagi odamlar chiptalarni qaytarib bermoqchiligidan shikoyat qilishmoqda. 

Mavzuga oid