Uelsda futbol uchrashuvi yer silkinishi sababli to‘xtatib turildi
Uels chempionati doirasida “Port Tolbot” va “Taffs Vell” jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yinda noodatiy holat yuz berdi. Gap shundaki, uchrashuv vaqtida yer silkinishi yuz bergan va shu sababli o‘yinni u o‘tib ketguncha to‘xtatib turishga qaror qilingan.
Ta'kidlanishicha, uchrashuv o‘tgan Port-Tolbot shahri zilzila o‘chog‘idan 20 km uzoqlikda joylashgan. Zilzila magnitudasi 4,4 ni tashkil qilgan. Zilzila markazi Uelsning Suonsi shahridan 20 km shimolda bo‘lgan.
Voqeadan bir necha daqiqa o‘tgach, uchrashuv davom ettirilgan va mezbon jamoaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Zilzila oqibatida hech kim jabrlanmagan.
17 fevralda Buyuk Britaniyada 4,4 magnitudali zilzila qayd qilindi. Britaniya geologik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila mamlakatda oxirgi o‘n yillikda qayd qilingan eng kuchli zilzila bo‘lgan. Bunday kuchdagi oxirgi zilzila 2008 yilda qayd qilingan va uning magnitudasi 5,2 ni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
07:30 / 17.10.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
18:44 / 16.10.2024
Turkiya sharqida yana kuchli zilzila sodir bo‘ldi
15:52 / 09.09.2024