Jahon | 00:05 / 19.02.2018
9142
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh sun'iy ongni rivojlantirishdagi yetakchilikni Xitoyga boy bermaydi – Bill Geyts

Foto: AP Photo/Ted S. Warren

AQSh sun'iy ong texnologiyalarini o‘zlashtirish va rivojlantirishda jahondagi yetakchilikni Xitoyga boy bermaydi. Bunga ishonchi komilligini Microsoft asoschisi Bill Geyts CNN telekompaniyasi efirida aytib o‘tdi.

Geyts “Xitoy AQShni texnologiyalar poygasida yuta oladimi?” degan savolga “Yo‘q, AQShning Microsoft, Google, Facebook va boshqa kompaniyalari yetakchilik qilmoqda. AQShdagi ilmiy xodimlar qolgan davlatlardagidan kuchliroq. Xitoyliklar ochiq xarakterga ega bu texnologik inqilobda ishtirok etmoqdalar”, deb aytgan Geyts.     

Geyts ochiq-oydinlik omilini sun'iy ong sohasidagi yangi ilmiy tadqiqotlar darhol chop etilib, hammaga ma'lum bo‘lishi bilan tushuntirdi.  

“Sun'iy ong texnologiyalari sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishga imkon beradi va harbiy-sanoat tarmog‘ida asqatadi. Tarixan AQShda qurolli kuchlar boshqa istalgan davlatga qaraganda, katta darajada ilg‘or texnologiyalar bilan bog‘langan. Bu borada xitoyliklar biz bilan tengma-teng bormoqda, biroq ular bizdan – AQShdan o‘tib ketmaydilar, deb umid qilaman”, deb ishoch bildirgan Geyts.

Sun'iy ong deganda nafaqat inson tomondan yaratilgan dastur bo‘yicha ishlaydigan, balki o‘zi o‘rganib, dasturchi tomondan qo‘yilmagan harakatlarni amalga oshira oladigan  murakkab dasturiy tizimlar ko‘zda tutiladi.

Mavzuga oid