O‘zbekistonda jinoyatlarni, asosan, kimlar va nega qilmoqda?
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 2017 yilda mamlakat bo‘ylab 73 ming 692 ta jinoyat qayd etilganini ma'lum qildi. Vazirning aytishicha, shularning katta qismi oilaviy kelishmovchiliklar sababli yaqin qarindoshlar bir-biriga nisbatan sodir etgan qotilliklar sirasiga kiradi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
«Jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar barcha joylarda talab darajasida bajarilmoqda, deb ayta olmaymiz. Holbuki, buning uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud bo‘lishiga qaramay ayrim mahallalarda oila-turmush munosabatlari bilan bog‘liq maishiy jinoyatlar hamon uchrab turibdi», deydi u.
Ushbu jinoyatlarning 62 tasi er xotiniga, 10 tasi xotin eriga, 119 tasi esa yaqin qarindoshlar tomonidan bir-birlariga nisbatan sodir etilgan. Bunday noxushliklar asosan Samarqand viloyati (27), Toshkent shahri (24), Toshkent (22) va Farg‘ona (21) viloyatlarida ko‘proq uchragan.
«Jinoyat – odamlar xavfsizligiga putur yetkazuvchi mudhish hodisa. Bunday holatlar ko‘proq yoshlar tomonidan turli sabablarga ko‘ra sodir etilishi kuzatiladi. Albatta, bir jinoyat sodir bo‘lishi ham tashvishlanarli, biroq bu jarayonda xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar uchrayotgani yanada ayanchli holat», deydi Po‘lat Bobojonov.
Masalan, ro‘yxatga olingan jinoyatlarning 9,5 mingdan ortig‘i xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan. Farg‘onada 1 ming 625, Toshkent shahrida 1 ming 592, Toshkent viloyatida 1 ming 402, Samarqandda 1 ming 66, Andijonda 972 va Namanganda 751 nafar ayol jinoyatga qo‘l urgan.
Joylarda uyushmagan, tarbiyasi og‘ir, ish va o‘qishga joylashmagan yoshlar 26 ming 579 ta jinoyat sodir qilgan. Bunda, maktab o‘quvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari tomonidan 1,5 mingdan ziyod jinoyat sodir etilgan.
Voyaga yetmaganlar tomonidan 1 ming 430 ta jinoyat, shundan, 778 ta o‘g‘irlik, 79 ta bezorilik, 77 ta talonchilik, 45 ta badanga og‘ir tan jarohati yetkazish, 42 ta bosqinchilik va 29 ta firibgarlik sodir qilingan.
Mavzuga oid
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024