O‘zbekiston | 01:33 / 20.02.2018
136163
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida chegarachilar insonlar oqimini boshqara olishmayapti

Voqeaga o‘z ko‘zi bilan guvoh bo‘lganlarning aytishicha, «Do‘stlik» chegara posti ochilgach, paydo bo‘layotgan navbatlar kilometrga cho‘zilmoqda, uni hosil qilgan insonlar soni 400 dan ziyod. Bir sutkada ikki davlat chegarasini 10 mingdan ziyod kishi kesib o‘tmoqda, deb yozadi Qirg‘izistonning 24.kg sayti.

Foto: 24.kg

Tahririyatga suratlarni jo‘natgan qirg‘izistonliklarning so‘zlariga ko‘ra, chegarachilar tomonidan tamagirlikka yo‘l qo‘yilayotgani haqidagi gap-so‘zlar ham tinmayapti. Biroq hech qanday isbot-dalil yo‘q.

Foto: 24.kg

Voqea guvohlarining xabar berishicha, Nazorat o‘tkazish punktidagi pasport nazorati zali juda kichik va unda 4-5 nafargina chegarachi ishlamoqda. Ular insonlar oqimini boshqara olishmayapti, shu sababli uzundan uzoq navbatlar yuzaga kelmoqda.

Kun.uz tahririyati ham «Do‘stlik» chegara postidagi «sun'iy navbat»dan kimga foyda?» sarlavhasi ostida ayni holatni yoritgan edi. Ushbu reportajda ham aynan Qirg‘izistondan O‘zbekistonga qaytib o‘tishda sun'iy navbatlar yuzaga kelayotgani tanqid ostiga olingan edi.

Mavzuga oid