Light | 19:50 / 22.02.2018
28288
9 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng jozibali va hamyonbop 32 shahri

Dunyoning 32 yirik shahrida yashovchi 15 ming kishi orasida so‘rovnoma o‘tkazish asosida Time Out sayohatlar uchun eng jozibali shaharlar reytingini tuzdi. Ballarni hisoblashda shahar hayotining turli aspektlari - oziq-ovqat, ichimliklar, madaniyat, do‘stona munosabat, hamyonboplik, baxt darajasi, yashash qulayligi, fuqarolar xavfsizligi kabi ko‘rsatkichlar hisobga olindi.

Foto: Time Out

32. Istanbul

Reyting: 87,1 ball

Istanbul ahli o‘zining ajoyib shahri va tarixi bilan faxrlanadi, biroq ularning aksariyati o‘z hayotidan norozi. So‘roq qilinganlarning yarmi oxirgi vaqt o‘zini baxtli his qilganlariga iqror bo‘lgan.

31. Singapur

Reyting: 98,7 ball

Singapurliklar, ehtimol, shaharning madaniy hayotini u qadar yuqori baholashmas, biroq uning xavfsizligi va ajoyib tungi sayrlari bilan faxrlanishadi.

30. Boston

Reyting: 103,7 ball

Boston — qiziqarli tungi hayoti bilan maqtana olmas, ehtimol. Shunday bo‘lsa-da, uning aholisi baxtli, yarmidan ko‘pi esa qo‘shnilarini nomma-nom bilishadi. 

29. Dubay

Reyting: 105,3 ball

Ulkan jozibasiga qaramay, Dubay bu reytingda eng davomli ishchi haftasiga ega shahar hisoblanadi - 46 soat. Shaharda o‘tkazilgan oqshom esa o‘rtacha 167 dollarga tushadi.

28. Sidney

Reyting: 106,1 ball

Sidney aholisiga ko‘ngilxushliklar va yaxshi restoranlar yetishmaydi, biroq aksariyat sog‘lom turmush tarziyaga rioya qiladi. So‘roq qilinganlarning 66 foizi o‘tgan hafta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishgan, 38 foizi esa hech qachon giyohvand moddalarni "tatib ko‘rmagan". Shunga qaramay, ular o‘z vaqtlarini chog‘ o‘tkazishni bilishadi.

27. Mayyami

Reyting: 107,9 ball

Mayyamida restoranlar juda ko‘p. Shahar shuningdek jamoatchilik transportidan norozi kishilar soni bo‘yicha ham yetakchilik qiladi. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 52 foizi jamoatchilik transporti xizmatidan arz qilgan.

26. Honkong

Reyting: 109,6 ball

Honkongdagi jamoatchilik transporti so‘rovnomada ishtirok etganlarning 75 foizi tomonidan maqtalgan. Bundan tashqari, bu shahar aholisi restoranlarga ko‘p boradi.

25. Moskva

Reyting: 110,2 ball

Moskvaliklar o‘z shahrini do‘stona munosabat bildiruvchi deb bilmaydi, biroq bu yerda tungi hayot juda qizg‘in. Aholining uchdan bir qismi tun yarmidan o‘tganda uxlashga yotadi.

24. Bangkok

Reyting: 111 ball

Bangkok — ko‘cha taomi poytaxti. Bu yerda odamlar qolganlarga nisbatan ko‘proq yurgan yo‘llarida yeb yurishadi - yiliga o‘rtacha 42 marta. Aholi, shuningdek restoranlarga borishni xush ko‘radi. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 94 foizi oxirgi haftada hech bo‘lmaganda bir marta restoranda bo‘lgan.

23. Vashington

Reyting: 111,3 ball

Vashingtonda boshqalar bilan muloqotga ehtiyoj sezuvchi yoki uchrashuvlar uchun ilovalardan foydalanuvchi yolg‘izlar soni juda ko‘p. Bu shahardagi hayotning ancha qizg‘inligi bilan ham izohlanadi.

22. Pekin

Reyting: 113 ball

Pekin — qiziq shahar. Biroq aksariyat aholi uyiga borish va qaytishga haddan tashqari ko‘p vaqt sarflaydi. Ularning 6 foizi 2-3 soat vaqtini yo‘lga sarflaydi.

21. Tsyurix

Reyting: 115,3 ball

Tsyurix aholisi ancha faol va ro‘yxatdagi qolgan ishtirokchilarga qaraganda ko‘proq sport bilan shug‘ullanadi.

20. Los-Anjyeles

Reyting: 116,8 ball

Shahar boy madaniy hayoti va restoranlari bilan mashhur. Biroq bu yerda do‘st orttirish juda qiyin va romantik munosabatlarni deyarli o‘rnatib bo‘lmaydi.

19. Tokio

Reyting: 117,7 ball

Yaponiya poytaxti aholisi ovqatlanishni juda yaxshi ko‘radi. Ular ro‘yxatdagi qolgan ishtirokchilarga qaraganda ko‘proq restoranlarga borishadi.

18. Berlin

Reyting: 119,2 ball

Berlin aholisi qolgan shahardagilarga nisbatan kamroq o‘zini yolg‘iz his qilar ekan: so‘rovnomada ishtirok etganlarning 83 foizi qo‘shnilarini taniydi. Dunyoda bu borada o‘rtacha ko‘rsatkich 55 foizni tashkil qilishini inobatga oladigan bo‘lsak, bu yuqori ko‘rsatkich. Shuningdek berlinliklar uyda vaqt o‘tkazishni xush ko‘rishadi va qolganlarga nisbatan kamroq restoranlarga borishadi.

17. San-Frantsisko

Reyting: 119,4 ball

Shahar xavfsizligi va hamyonbopligi bilan maqtana olmaydi, biroq 88 foiz so‘rovnomada qatnashgan kishi o‘zligini saqlab qola olganiga iqror bo‘lgan. Shu bilan birga, u yerda restoranlar ham ko‘p.

16. Shanxay

Reyting: 119,5 ball

Bu yerda yashash qimmatga tushadi, biroq qiladigan ish talaygina. Shaharda yashovchilar Shanxay romantik munosabatlarga to‘g‘ri kelmasligiga ta'kidlashgan. So‘rovnomada qatnashganlarning 79 foizi buni tasdiqlashgan.

15. Mexiko

Reyting: 121,2 ball

Mexiko aholisi qolganlarga nisbatan ko‘proq madaniy tadbirlarda ishtirok etishadi - yiliga 76 marta. Ular teatrlar, kino, badiiy galereyalar, muzeylar va konsertlarga borishadi.

14. Parij

Reyting: 124,9 ball

Parij — sevgi-muhabbat poytaxti. So‘rovnomada ishtirok etganlarning aksariyati yiliga bir oyni spirtli ichimliklarga tobe'likdan xalos bo‘lishga sarflashar ekan. Shahar madaniy hodisalarga boy, biroq narxlar baland.

13. Ostin

Reyting: 125,3 ball

Texas shtatining Ostin shahri — konsert o‘tkazish uchun eng yaxshi shahar, barlar soni bo‘yicha reytingda ikkinchi. Shuningdek aholi ishga borish va qaytishga kam vaqt sarflaydi - o‘rtacha 22 daqiqa.

12. Tel-Aviv

Reyting: 125,8 ball

Shahar o‘zining ajoyib oshxonasi va sokinlik bag‘ishlovchi muhiti bilan alohida e'tiborga loyiq. U shuningdek ro‘yxatdagi shaharlar orasida eng qisqa ish haftasiga ega - o‘rtacha 27 soat.

11. Edinburg

Reyting: 128,2 ball

Edinburg aholisi hayotdan "zavq" olib yashashni biladi. Ular spirtli ichimlik ichishni yaxshi ko‘rishadi va yilda 24 kun unga tobe'likdan xalos bo‘lishga urinishadi.

10. Barselona

Reyting: 128,4 ball

Barselonaliklar yilda 71 marta madaniy tadbirlarda bo‘lishadi. Aholi shuningdek restoranlarga borishni yaxshi ko‘radi.

9. Filadelfiya

Reyting: 129,2 ball

Filadelfiya fuqarolar tomonidan dunyoning eng hamyonbop va yoqimli shaharlaridan biri nomiga sazovor bo‘lgan. Aholi ishga borish va kelishga o‘rtacha atigi 24 daqiqa vaqt sarflaydi.

8. Lissabon

Reyting: 130,2 ball

Lissabon aholisi ko‘p ovqatlanadi, o‘z oila a'zolari bilan ko‘p vaqt o‘tkazadi va tanishuvlar uchun ochiq. Ko‘ngilochar tadbirlarga taxminan 46 dollar ketadi.

7. Manchester

Reyting: 130,9 ball

Bu shahar aholisi ichishni xush ko‘radi, faqat spirtli ichimliklarni emas. Ular choy iste'moli bo‘yicha reytingda yetakchilik qilishadi.

6. Madrid

Reyting: 131,1 ball

Ispaniya poytaxti o‘zining boy madaniy hayoti va ko‘p sonli restoranlari bilan mashhur. Madrid aholisi restoranlarga borishni xush ko‘ruvchilar qatorida qayd etiladi.

5. London

Reyting: 131,4 ball

So‘rovnomada ishtirok etganlarning 86 foizining fikricha, Londonda hech zerikmaysiz. Aksariyat odamlar o‘z vaqtini oyiga sakkiz martagacha uydan tashqarida o‘tkazadi. Biroq bu yerda do‘st orttirish qiyin, shu bilan birga, narxlar ham hamyonbop emas.

4. Melburn

Reyting: 132,3 ball

Melburnda so‘roq qilingan har o‘n kishining to‘qqiztasi so‘nggi vaqtlarda o‘zini baxtli his qilganiga iqror bo‘lgan. Shuningdek aholi bu yerda do‘st orttirish oson deb hisoblaydi va restoranlari bilan faxrlanadi.

3. Nyu-York

Reyting: 134,6 ball

Notinch Nyu-York tungi hayot bo‘yicha - birinchi, madaniy hayot bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinni band etgan. U shuningdek joriy yilda eng talab katta bo‘lgan shaharlardan biri hisoblanadi. Shunday bo‘lsa-da, bu yerda do‘st orttirish qiyin.

2. Portu

Reyting: 137,9 ball

Portuning do‘stona munosabatda bo‘luvchi aholisi o‘z shahri bilan faxrlanadi. Uydan tashqarida vaqt o‘tkazish atigi 37 dollarga tushadi.

1. Chikago

Reyting: 138,2 ball

Eng yaxshi restoranlar, eng baxtli va hayotidan mamnun  odamlar, boy madaniy hayot va hamyonbop narxlar - Chikagoda. Bu shaharning yagona kamchiligi - uni mutlaqo xavfsiz deb bo‘lmaydi.

 

Mavzuga oid