Jahon | 11:16 / 22.02.2018
195573
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyodagi eng korrupsiyalashgan davlat ma'lum qilindi

Foto: Fotolia

Turkmaniston har yili Transparency International xalqaro tashkiloti tomonidan tuziladigan Korrupsiyani qabul qilish indeksi-2017’da 180 o‘rindan 167-pog‘onada qayd etildi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan: Qozog‘iston 122-o‘rin (2016 yilda - 131), Qirg‘iziston 135-o‘rin (2016 yilda 136), O‘zbekiston 157-o‘rin (2016 yilda 156), Tojikiston 161-o‘rinda (151) qayd etilgan.

Reytingda birinchi o‘rinni Yangi Zelandiya egalladi (89 ball), ikkinchi pog‘onadan Daniya (88), uchinchi o‘rindan Finlyandiya, Shveytsariya va Norvegiya (85 balldan) joy oldi.

Reytingning so‘nggi pog‘onalarida – Suriya (14 ball), Janubiy Sudan (12 ball) va Somali (9 ball).

Korrupsiyani qabul qilish indeksi – turli mamlakatlarning davlat sektorida korrupsiyani qabul qilish darajasini baholovchi tarkibiy indeksdir.

Transparency International ushbu indeksni 1995 yildan beri har yili taqdim etadi. 2017 yil uchun indeks so‘nggi ikki yilda (2016-2017) 13 manbadan olingan ma'lumotlar asosida hisoblab chiqilgan. 

Mavzuga oid