Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston gaz quvuri loyihasiga start berildi
Turkmaniston juma kuni Afg‘on seksiyasi bo‘yicha 8 milliard dollarlik qiymatga ega gaz quvurini o‘tkazish bo‘yicha qurilish ishlari boshlangani haqida e'lon qildi. Ushbu gaz quvuri energiya resurslariga boy Markaziy Osiyo mamlakatini Pokiston va Hindiston bilan bog‘laydi. ArabNews shu haqida xabar berdi.
Turkmaniston tabiiy gaz zaxirasi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi, biroq so‘nggi bir necha yilda Rossiya gaz importini qisqartirganidan keyin Turkmaniston iqtisodiyoti ma'lum darajada Xitoyga gaz eksport qilish ko‘rsatkichlariga bog‘lanib qolgan.
"Kattaligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda qayd etiluvchi Galkinish TAPH (Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston)ga quvur yetkazib beradi", - dedi Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov.
Bu so‘zlarni aytganida Berdimuhammedov Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Pokiston bosh vaziri Shohid Hoqon Abbosiy va Hindiston tashqi ishlar vaziri M.Ya.Akbar bilan birga Afg‘onistonning g‘arbidagi Hirot shahrida bo‘lgan.
AQSh va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan qo‘llab-quvvatlangan TAPH loyihasi 1990-yillarda Turkmaniston tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan. Biroq gaz quvuri o‘tkazilishi ustidagi ishlar Afg‘oniston chegarasidagi muammolar tufayli kechiktirib kelingan.
Bu gaz quvuri Turkmanistonga Osiyoda yangi iste'molchilarni topish va yiliga 35 milliard kubometr gaz sotib oluvchi Pekinga tobe'lik darajasini kamaytirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
16:14 / 03.09.2024
“Jahannam darvozasi”. Turkmanistondagi eng diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lgan gaz krateri haqida nimalar ma’lum?
17:24 / 15.08.2024
Turkmaniston O‘zbekistondan ba’zi fuqarolarini deportatsiya qilishni so‘radi – OAV
16:03 / 15.08.2024
Turkmanistonda SIM-karta sotish to‘xtatildi. Ular tugab qolgani aytilmoqda
20:55 / 01.08.2024