Jahon | 15:40 / 25.02.2018
10003
2 daqiqa o‘qiladi

«Notting-Xill» filmida Xani Teker rolini ijro etgan aktrisa hayotdan ko‘z yumdi

Foto: TELEGRAPH

«Notting-Xill» filmida Xani Teker rolini ijro etgan britaniyalik aktrisa Emma Chembers 53 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. The Telegraph aktrisaning agenti Jon Grantga asoslanib, shu haqida xabar berdi

Jon Grantning so‘zlariga ko‘ra, Chembersning o‘limi tabiiy sabablar natijasida kelib chiqqan.

Aktrisaning «Notting-Xill» bo‘yicha hamkasbi aktyor Xyu Grant o‘zining Twitter sahifasida Chembers o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirgan. "Emma Chembers juda samimiy inson va albatta, ajoyib aktrisa edi. Juda qayg‘ulik xabar", - deb yozgan u.

Emma Chembers 1964 yilning 11 mart kuni Britaniyaning Saut-Yorkshir grafligidagi Donkaster shahrida tug‘ilgan. U 1999 yilda rejissyor Rojyer Mitchellning «Notting-Xill» filmida rol ijro etganidan so‘ng keng ommaga tanilgan. Filmda Emma Chembers va Xyu Grantdan tashqari Juliya Roberts ham rol o‘ynagan.

Mavzuga oid