Yurak xuruji va insultga olib kelishi mumkin bo‘lgan dorilar ma'lum qilindi
Tayvanlik olimlar dunyo bo‘ylab keng tarqalgan 5 ta og‘riqni qoldiruvchi dorining ehtimoliy xavflarini aniqlashdi. Ilmiy ish natijalari British Journal of Clinical Pharmacology nashrida chop etildi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, ibuprofen, diklofenak, tselekoksib, mefenamik kislota va naproksen yurak xuruji va insultga olib kelishi mumkin ekan. Olimlar o‘z tadqiqotlarida qon bosimi yuqori bo‘lgan 56 ming katta yoshli odamdan olingan ma'lumotlarga asoslanishgan.
Aniqlanishicha, ibuprofen qabul qilgan 330 kishidan birida 4 hafta ichida yurak xuruji yoki insult yuz bergan. O‘z navbatida, tselekoksib yanada xavfliroq bo‘lib chiqib, 105 kishidan birida bunday asoratga olib kelgan.
Diklofenak qabul qilgan 245 kishidan bir kishida va naproksen qabul qilgan 214 kishidan birida yuqoridagi asoratlar kuzatilgan.
Bu dorilar ichida nisbatan eng xavfsizi mefenamik kislota bo‘lib chiqqan, bu dorini qabul qilgan 394 kishidan birida yurak xuruji yoki insult qayd qilingan.
Avvalroq ibuprofen qabul qilinishi oqibatida erkaklarda bepushtlik yuzaga kelishi mumkinligi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
08:14 / 13.10.2024
Olimlar qon guruhi va erta insult xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi
00:33 / 05.10.2023
Kevin Speysi qo‘li uvishib qolgani uchun shifoxonaga olib borilgan
14:50 / 03.08.2023
Oliy sudda da’vogar sud boshlanishi arafasida kutish zalida vafot etdi
14:32 / 02.06.2022