Britaniyaning Lester shahrida portlash yuz berdi – OAV
Britaniyaning Lester shahrida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Lesterdagi Xinkli-roud ko‘chasida 25 fevral mahalliy vaqt bilan soat 19:19da portlash yuz bergan. Voqea joyiga 6 ta o‘t o‘chirish mashinasi jo‘natilgan. Odamlarga voqea joyiga yaqinlashmaslik tavsiya qilingan.
Keyinroq portlash oqibatida 6 kishi jabrlangani, ulardan ikki nafari og‘ir ahvoldaligi ma'lum qilingan.
Politsiya “yirik hodisa” yuz berganini ma'lum qilgan, biroq tafsilotlarni oshkor qilishdan bosh tortgan hamda ayni vaqtda hech narsa terakt bo‘lganiga ishora qilmasligini aytgan.
O‘t o‘chirish xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida ikki qavatli uy qulab tushgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Guvohlarning ma'lum qilishicha, uyning 1-qavatida do‘kon, 2-qavatida kvartiralar joylashgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
20:52 / 30.08.2024
Germaniyada Ukraina uchun qurol ishlab chiqaradigan Diehl kompaniyasi zavodida portlash sodir bo‘ldi
00:20 / 25.08.2024
Fransiyada sinagoga yaqinida portlash sodir bo‘ldi
10:29 / 27.07.2024