Huawei maxfiy kamerali noutbukini taqdim etdi
25 fevral kuni, Mobile World Congress ko‘rgazmasi ochilishi arafasida Xitoyning Huawei kompaniyasi yangi MateBook X Pro noutbukini namoyish etdi. Uning o‘ziga xos xususiyati sifatida klaviatura tugmasi ostiga niqoblangan veb-kamera bo‘ldi: u kameraga bosganda paydo bo‘ladi va yo‘q bo‘ladi.
Huawei rahbariyatining qayd etishicha, kompaniyani bunday dizayn-qarorga yovuz niyatli kimsalar ularni veb-kamera orqali kuzatishi mumkinligidan xavfsiragan foydalanuvchilar ilhomlantirishgan.
Noutbukning ko‘p foydalanuvchilari ularning urinishlariga xalaqit berish uchun obektivga izolenta yopishtirishardi. Facebook asoschisi Mark Tsukerberg ham istisno emas.
MateBook X Pro "josuslarga qarshi kamera"dan tashqari, qopqoqning 91 foizini egallovchi sensor ekranga, shuningdek barmoq izlari skaneriga ega.
Mavzuga oid
21:12 / 10.09.2024
Huawei dunyodagi birinchi uchta ekranli, buklanadigan smartfonni taqdim qildi
22:07 / 26.02.2024
Lenovo shaffof MicroLED displeyli noutbukni namoyish etdi
18:53 / 31.10.2023
Huawei kompaniyasi yangi WATCH GT 4 seriyasidagi aqlli soatlari sotuvga chiqdi
12:58 / 14.10.2023