Bill Geyts kriptovalyutalar xavfi haqida ogohlantirdi
Kriptovalyutalar noqonuniy tranzaksiyalar uchun qo‘llanilmoqda, xususan giyohvand moddalarni sotib olishga, deya ma'lum qildi Microsoft asoschisi Bill Geyts.
Milliarder Reddit saytida foydalanuvchilar savollariga javob qaytarar ekan, kriptovalyutalarning asosiy o‘ziga xos jihati – bu anonimlik ekanini ta'kidlab o‘tdi. Hukumatlar pullarni yuvish, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha sxemalarni fosh etish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim, deya qayd etib o‘tgan u.
"Hozirda kriptovalyutalar fentanil va boshqa giyohvand moddalarni xarid qilish uchun qo‘llanilmoqda, shu tariqa, bu texnologiya odamlarning hayotdan ko‘z yumishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador", - deya ma'lum qildi Geyts.
Microsoft asoschisining qo‘shimcha qilishicha, kriptovalyutalar – uzoq muddatli sarmoyalar uchun juda xavfli variantdir.
Mavzuga oid
23:20 / 03.10.2024
Bill Geyts sun’iy intellekt oldidagi uchta asosiy qo‘rquvini aytdi
11:36 / 04.08.2024
Bitcoin va dollar arzonlashdi, oltin qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi
14:41 / 24.07.2024
Notkoin sotgan yana bir yigit 10 sutkaga qamaldi
13:58 / 21.07.2024