Samarqandda kuyovini o‘ldirish uchun odam yollamoqchi bo‘lgan bog‘bon qo‘lga olindi
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida 6 fevral kuni A.O. IIBga murojaat qilib, uning hamqishlog‘i, Samarqand shahar “Registon” mehmonxonasi bog‘boni, 1960 yilda tug‘ilgan Yo.Sh. Tayloq tumanida yashovchi kuyovi S.Z.ni o‘ldirish uchun odam yollab berishini so‘rab evaziga 300 AQSh dollari berishini ma'lum qilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Mazkur ariza yuzasidan 9 fevral kuni S.Z.ning yuz qismi qonga bo‘yalgan holda mobil telefonga olingan surati Yo.Sh.ga Daxbed qo‘rg‘oni Paxtaobod ko‘chasida joylashgan choyxonada uchrashib ko‘rsatilganidan so‘ng, “yollanma qotil” A.T.ga 300 AQSh dollarini bergan vaqtida Yo.Sh. qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
19:23 / 25.09.2024
Samarqandda qarovsiz holda quritib yuborilgan bog‘lar masalasi prokuratura nazoratiga olindi
16:16 / 25.09.2024
Toshkentdan Buxorogacha tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l quriladi - prezident
19:33 / 24.09.2024