Vodafone Oyda mobil aloqa tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda
Dunyodagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri Vodafone 2019 yilda Oyda 4G mobil aloqa tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya bayonotida aytilishicha, tegishli infratuzilma Oyga Berlinda joylashgan PTScientists kompaniyasining missiyasi davomida yetkaziladi. Ushbu kompaniya Falcon 9 raketasi yordamida Oyga birinchi xususiy parvozni amalga oshirmoqchi.
Taxmin qilinishicha, raketa Oyga Nokia telefon machtasini yetkazishda yordam beradi. Vodafone taqdim qiladigan signal esa Oy sirtidan yuqori aniqlikdagi videoni uzatish imkonini beradi.
Bundan tashqari, uyali aloqa tarmog‘i Audi kompaniyasining ikkita lunoxodi hamda baza o‘rtasidagi aloqani ta'minlaydi. Bu baza rolini Oyga qo‘ngan ALINA (Autonomous Landing and Navigation Module) kemasi o‘ynaydi.
Audi’ning o‘ziyurar qurilmalari vazifalari orasida Oyning odamlarni joylashtirish nuqtai nazaridan yaroqliligini o‘rganish bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:08 / 24.08.2024
Xitoylik tadqiqotchilar Oyda suv olishning samarali usulini topdi
00:09 / 22.08.2024
Oyning Janubiy qutbida magma okeani qoldiqlari borligi aniqlandi
07:19 / 21.08.2024
Yangi mobil operator O‘zbekistonda ishga tushiriladi
19:56 / 20.08.2024