AQSh po‘lat va alyuminiy importiga boj joriy etmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp po‘lat va alyuminiyga 25 hamda 10 foizlik miqdorda boj joriy etilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
«Men po‘latga 25 foiz va alyuminiyga 10 foizlik miqdorda boj joriy etish haqida qaror qabul qildim. Bu bojlar uzoq vaqt davomida amal qiladi», - deya aytib o‘tdi Tramp.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, tegishli choralar kelasi hafta qabul qilinadi.
«Bizning po‘lat quyish va alyuminiy sanoat (shuningdek, boshqa ko‘plab sohalar ham) o‘n yillab vaqt davomida savdoning adolatsiz shartlari va ko‘plab mamlakatlar bilan yaxshi o‘ylanmagan siyosat (savdo munosabatlari) tufayli yo‘q qilib kelindi», - deya o‘z qaroriga izoh bergan Tramp tvitterda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh «mamlakat, kompaniyalar va ishchilardan bundan keyin ham foydalanishlariga» yo‘l qo‘ymasligi shart.
Mavzuga oid
16:56
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ko‘pchilikni qo‘lga kiritdi
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42
Rossiyadan Venesuelagacha: tabiiy boyliklar bo‘yicha eng boy davlatlar
10:31