Fan-texnika | 08:05 / 02.03.2018
5084
2 daqiqa o‘qiladi

Atlas V raketasi meteorologik sun'iy yo‘ldosh bilan birga uchirildi

Foto : United Launch Alliance

Atlas V raketa-tashuvchisi Floridada AQShning yangi GOES-S meteorologik sun'iy yo‘ldoshi bilan birga uchirildi.

United Launch Alliance kompaniyasiga tegishli raketa Toshkent vaqti bilan soat 03.02da Kanaveral burnidagi kosmodromdan uchirildi. Missiya AQShning okean va atmosfera muammolari milliy boshqarmasi (NOAA) va NASA koinot agentligi uchun amalga oshirilgan.

Raketaning birinchi pog‘onasi Rossiyaning RD-180 dvigateli bilan jihozlangan va u rejalashtirilgandek raketa startidan 3 daqiqa o‘tgach ajralgan.

Lockheed Martin kompaniyasi tomondan yaratilgan GOES-S sun'iy yo‘ldoshi Yerning g‘arbiy yarimsharida atmosfera hodisalarini kuzatish uchun mo‘ljallangan sun'iy yo‘ldoshlar qatoridan joy oladi. U 2016 yilda uchirilgan GOES-R sun'iy yo‘ldoshi kabi ob-havoni erta aniqlash, prognozlash va monitoring qilish imkoniyatlarini ancha yaxshilashi, tabiiy ofatlarga ta'sirchanlik samaradorligini oshirishi kerak.   

GOES seriyasidagi ilk sun'iy yo‘ldoshi 1975 yilda uchirilgan va o‘shandan beri bu sun'iy yo‘ldoshlar AQShda meteorologik kuzatuvlarning asosiy manbasi hisoblanadi.

Mavzuga oid