Jahon | 12:01 / 02.03.2018
9813
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda militsiyani politsiyaga o‘zgartirish taklif qilinmoqda  

Foto: sputnik.kg

Qirg‘izistonda militsiyani politsiyaga o‘zgartirish taklif qilinmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isoqov “Umumiy xavfsizlik va jinoyatchilikning oldini olish siyosati” milliy anjumanida ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, militsiya va politsiya o‘rtasida farq katta. Militsiya bu sobiq ittifoqi zamonlaridan mavjud militaristik tashkilotdir. Uning jamiyatga ta'siri kam. Politsiyaning vazifasi esa jamiyat bilan aloqa va hamkorlik qilishdan iborat.  

Isoqovning qo‘shimcha qilishicha, u qo‘shni davlatlarning politsiyani tatbiq qilish bo‘yicha tajribalarini o‘rganish topshirig‘ini bergan.

Mavzuga oid