Jahon | 08:06 / 05.03.2018
7076
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy 2018 yilda transportni rivojlantirishga 400 mlrd dollar sarflaydi

Foto: AP Photo / Alexander F. Yuan, file

Xitoy 2018 yilda temir yo‘llar qurishga 732 mlrd yuan (115 mlrd dollar) sarflamoqchi. Bu haqda Xitoy hukumati faoliyati haqidagi hisobotda aytilgan.

“Xitoy 2018 yilda temir yo‘llar qurilishiga 732 mlrd yuan, tezkor avtomobil yo‘llari va suv transporti loyihalarini rivojlantirishga 1,8 trln yuan (284 mlrd dollar) sarmoya kiritadi”, deb aytilgan hujjatda. 

Hukumat mamlakatning markaziy va g‘arbiy viloyatlari infratuzilmasini rivojlantirishni ustuvor vazifalar sifatida saqlab qoladi.

Mavzuga oid