Jahon | 08:33 / 06.03.2018
5066
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibi Afrikaga safarini boshlaydi

Foto: AFP / Don MacKinnon

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson 6 mart kuni Afrikaga ilk safarini boshlaydi. AQSh diplomatiyasi rahbari 6 martdan 13 martgacha davom etadigan safari davomida Chad, Jibuti, Efiopiya, Keniya va Nigeriyaga tashrif buyuradi.

Tillerson safari davomida Afrika davlatlari yetakchilari bilan terrorchilikka qarshi kurash, tinchlik va xavfsizlik hamda o‘zaro manfaatli savdo va investitsiyalarni ilgari surish yo‘llarini muhokama qilmoqchi.   

Yanvarda Tillerson matbuot anjumanda “Prezident Donald Trampning Afrika davlatlari haqidagi keskin gaplaridan keyin Vashingtonning bu davlatlar bilan munosabatlari xavf ostida qolmadimi?” degan savolga AQSh Afrika davlatlari bilan yaxshi munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdorligini aytgan. 

Tramp immigratsiya bo‘yicha senatorlar bilan yig‘ilishda uchinchi dunyo davlatlarini “sassiq joy” deb atagan. Jumladan, u nutqida Haiti, Salvador, Afrikaning bir qator davlatlarini eslab o‘tgan. Trampning bu gaplari ko‘plab davlatlar tomonidan tanqidga uchragan.

Mavzuga oid