Jahon | 20:02 / 06.03.2018
6630
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriya shimolida qochqinlar uchun lagerlar qurmoqchi

Foto photo-day.ru

Turkiya hukumati Suriyaning shimoliy hududlarida 170 ming kishiga 9 ta lager qurmoqchi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xami Aksoy ma'lum qildi. 

“Biz Afrindagi harbiy amaliyot vaqtida tinch aholi halok bo‘lmasligi uchun barcha ishni qilmoqdamiz. Shu bilan birga Suriyaning muhtoj hududlariga gumanitar yordam yetkazmoqdamiz. Biz qochqinlar uchun lagerlarni qurishga tayyorgarlik ko‘rishni boshladik. Bu Idlib va “Frot qalqoni” o‘tgan hududdagi 9 ta lager bo‘ladi”, deb aytgan Aksoy. 

Uning aytishicha, Turkiya qochqinlar bilan ishlash bo‘yicha katta tajriba orttirgan.

“Dunyoning qaysi bir davlatida 3,5 mln qochqin bor? Yevropada yuz ming qochqin tufayli bahslar ko‘tarilgan. Bizda esa lagerlarning o‘zida 230 ming, turk shaharlarida esa 3,3 mln suriyalik yashamoqda. Qochqinlarni qabul qilishga 30 mlrd dollar sarfladik va Yevropadan va'da qilingan mablag‘larni kutmoqdamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Turkiya vakili. 

Mavzuga oid