Jahon | 21:45 / 08.03.2018
9151
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya armiyasi Afrindagi yirik shaharlardan biri ustidan nazoratni qo‘lga oldi

Foto: RIA Novosti

Turkiyalik harbiylar Suriyaning Afrinidagi eng yirik shaharlardan biri – Jindaras shahri ustidan nazoratni qo‘lga oldilar. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, shahar uchun ayovsiz janglar kechgan.

Turk aviatsiyasi quruqlikdagi qo‘shinlar va Suriya muxolifati Jindaras tepaligi ustidan nazoratni qo‘lga kiritgandan keyin havo operatsiyasi o‘tkazishga kirishdi. Ma'lum qilinishicha, shahardan chekinayotgan kurd tuzilmalari jangchilariga dronlar yordamida zarba berilgan.  

Mavzuga oid