Pyongchangda qishki Paralimpiya o‘yinlari ochildi
Bugun, 9 martda Pyongchangda qishki Paralimpiya o‘yinlari rasman ochildi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In e'lon qildi.
O‘yinlar ochilishi marosimi yorug‘lik shousi, mushakbozlik, ishtirokchi davlatlar paradi va Paralimpiya mash'alasi yoqilishidan iborat bo‘ldi.
Pyongchangdagi Paralimpiada sportchilar soni bo‘yicha tarixda eng yirigi bo‘ladi, unda 48 ta davlatdan 567 sportchi ishtirok etadi. Uchta davlat ilk bor o‘yinlarda ishtirok etadi: Shimoliy Koreya, Gruziya va Tojikiston. Eng ko‘p sonli delegatsiyani AQSh olib kelgan (68 sportchi).
Rossiyalik sportchilar Sochi Olimpiadasidagi doping mojaro sababli neytral bayroq ostida ishtirok etadilar.
Paralimpiadada 6 ta sport turi – tog‘ chang‘isi, snoubord, xokkey, kyorling, chang‘i va biatlonda 80 ta medallar to‘plami o‘ynaladi.
Ilk musobaqalar 10 mart ertalab tog‘ chang‘i sportida boshlanadi. O‘yinlar 18 martgacha davom etadi.
Mavzuga oid
16:18 / 30.08.2024
Paralimpiya o‘yinlari. Asila Mirzayorova oltin medalni qo‘lga kiritdi
17:48 / 03.09.2021
Paralimpiya. Safiya Burxonova O‘zbekistonga yettinchi oltin medalni taqdim etdi
17:23 / 02.09.2021
O‘zbekiston Paralimpiyada yana bir oltin medal qo‘lga kiritdi
19:53 / 30.08.2021