Jahon | 20:55 / 11.03.2018
5236
1 daqiqa o‘qiladi

Chilining yangi prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi 

Foto: RIA Novosti . Aleksandr Solovskiy

Chilining “Milliy yangilanish” partiyasi yetakchisi Sebastyan Pinera 11 mart kuni Chili prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi. U 2014 yildan beri mamlakatni boshqargan Mishel Bachelet o‘rnini egalladi.

Inauguratsiya marosimi Chili milliy kongressi binosida bo‘lib o‘tgan. Bachelet shaxsan o‘zi vorisiga prezident tasmasini topshirgan va 68 yoshli Pinera yangi prezident sifatida qasamyod keltirgan.

Pinera 2017 yil dekabrdagi prezident saylovlarida g‘alaba qozongandi. Pinera bu oliy lavozimni ikkinchi marta egallamoqda, u 2010-2014 yillar ham prezidentlik qilgan. Forbes jurnali ma'lumotlariga ko‘ra, Pineraning boyligi 2017 yilda 2,7 mlrd dollarni tashkil qilgan. 

Mavzuga oid