Tailandda sudlanuvchilarning sud binosidan qochishi kuzatuv kameralarida muhrlandi
Tailandda sud binosidagi kuzatuv kameralari giyohvandfurushlikda gumonlangan sudlanuvchining binodan qochib ketishini tasvirga oldi. Voqea 8 mart kuni yuz bergan.
Politsiyachilar Yao Lay ismli 32 yoshli sudlanuvchini yana bir nechta sudlanuvchi bilan navbatdagi yig‘ilishga olib kelishgan. Gumonlanuvchi qulay paytdan foydalanib, oyog‘idagi kishanlardan ozod bo‘lib, eshik ochiqligidan foydalanib, qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Sudlanuvchi bir necha kvartaldan keyin mototsikl o‘g‘irlab, unda noma'lum yo‘nalishda g‘oyib bo‘lgan. Ayni vaqtda politsiyaga uning qayerdaligi ma'lum emas.
Bu ham yetmagandek, sudlanuvchi qochib ketgan vaqtda boshqa bir sudlanuvchi ham vaziyatdan foydalanib qolishga qaror qilgan. Mahalliy OAVning politsiyaga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, ikkinchi qochoq ushlangan, biroq buning rasmiy tasdig‘i yo‘q.
Mavzuga oid
15:29 / 23.09.2024
Tailandda amaldor 10 yil ishga bormasdan maosh olib kelgani aniqlandi
23:17 / 19.09.2024
Tailandda piton changalida qolib ketgan ayol ikki soatdan keyin qutqarib olindi
10:20 / 13.09.2024
Tailandda kuzatilgan to‘fon oqibatida jabr ko‘rganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q
22:48 / 06.09.2024