O‘rta yer dengizida bir kunda 335 muhojir qutqarib qolindi
Liviya harbiy-dengiz kuchlari 10 mart kuni O‘rta yer dengizida Liviya sohillari yaqinida 335 noqonuniy muhojirni qutqarib qoldi. Bu haqda Liviya harbiy-dengiz kuchlarining rasmiy vakili Ayub Qosim ma'lum qildi.
“Noqonuniy muhojirlar Afrika va arab davlatlari, jumladan Misr, Marokash, Jazoir fuqaroligiga egalar”, deb aytgan Qosim.
Uning aytishicha, sohilbo‘yi patruli 10 mart kuni uchta qutqaruv operatsiyasi o‘tkazgan, ulardan oxirgisi vaqtida 98 kishi, jumladan 8 ayol qutqarib qolingan.
Patrul muhojirlarni Liviya poytaxti Tripolidagi dengiz bazasiga yetkazgan. Muhojirlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgach, ular Tripolining noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish departamentiga yetkazilganlar.
Mavzuga oid
12:33 / 06.11.2024
BMT: Yil boshidan beri Liviyada minalar portlashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
13:55 / 21.07.2024
Liviya inqirozi: Qazzofiyning siyosati, ag‘darilishi va undan keyingi bo‘linish
11:40 / 18.06.2024
Liviyaning 42 yillik diktatori. Muammar Qazzofiy nima uchun o‘ldirilgandi?
08:50 / 06.11.2023