Jahon | 00:45 / 16.03.2018
9603
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya armiyasi Afrinni qachon tark etishi ma'lum qilindi

Turkiya qurolli kuchlarining Suriya shimolidagi qismlari Afrindagi aksilterrorchilik amaliyoti yakunlangandan keyin olib chiqiladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.    

Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya armiyasining Suriyadagi aksilterrorchilik amaliyoti poyoniga yetmoqda. Turkiya prezidentining ta'kidlashicha, Afrinda “Zaytun novdasi” amaliyoti boshlangandan beri 3525 terrorchi yo‘q qilingan.

Erdo‘g‘an Yevropa parlamentida Afrindagi amaliyotni to‘xtatish muhokama qilinishiga chaqiriqlarni tanqid qilgan. Erdo‘g‘an Yevropa parlamenti Turkiyaga ushbu amaliyot borasida tanbeh bera olmasligini aytgan. “Yevroparlamentning bu masala bo‘yicha pozitsiyasi Anqara uchun hech qanday ahamiyatga ega emas”, deb aytgan Erdo‘g‘an. 

 

Mavzuga oid