O‘zbekiston | 10:35 / 17.03.2018
6398
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga YeTTB direktorlar kengashi kelmoqda

Foto: EBRD / Mike Ellis

YeTTB direktorlar kengashi delegatsiyasi 2018 yil 19-23 mart kunlari O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Tashrif bankning O‘zbekistonga oid o‘rta muddatli strategiyani tayyorlashning bir qismi bo‘ladi va direktorlarga mamlakatda ro‘y berayotgan islohotlarni baholashga yordam beradi.

Direktorlar kengashining dasturida respublika vazirlik hamda idoralarida uchrashuvlar, boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari va mahalliy tadbirkorlar bilan muzokaralar olib borish bor. Ularda iqtisodiyotni liberallashtirish sohasida kelgusidagi islohotlar va ustuvor jihatlar muhokama qilinadi.

Missiya tarkibidan YeTTBning o‘n nafar yuqori mansabli xodimi joy oladi:

• Haynts Kaufmann, Shveytsariya, Ukraina, Lixtenshteyn, Turkmaniston, Serbiya, Chernogoriya, Moldova, O‘zbekiston bo‘yicha direktor
• Yosuke Kavakami, Yaponiya bo‘yicha direktor 
• Antonio Oporto, Ispaniya, Meksika bo‘yicha direktor 
• Yorgen Frottsler, Shvetsiya, Islandiya, Estoniya bo‘yicha direktor
• Violetta Barvichka-Loftuz, Polsha, Bolgariya, Albaniya bo‘yicha direktor
• Tashkin Temiz, Turkiya, Ruminiya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston bo‘yicha direktor
• Yoxannes Koskinen, Finlyandiya, Norvegiya, Latviya, Livan bo‘yicha direktor
• Rafael Bello, Fransiya bo‘yicha direktor
• Filipp Barresi, Avstraliya, Koreya, Yangi Zelandiya, Misr bo‘yicha direktor
• Garold Frimen, Birlashgan Qirollik bo‘yicha direktor.

O‘zbekistonda delegatsiya bosh vazir o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov, senatorlar Sodiq Safoyev hamda Alisher Qurmanov bilan uchrashadi.

Mavzuga oid