Jahon | 23:44 / 18.03.2018
14216
2 daqiqa o‘qiladi

Ikki suratkash deyarli bir xil suratni “o‘ziniki” deya mojarolashdi

Foto: Unwire

Suratkash Ron Risman AQShning Nyu-Gempshiridagi mayoqning bo‘ron vaqtidagi suratini olib, u bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishgan. Surat mahalliy telekanal e'tiborini tortgan va uni muallifidan so‘rab efirda ko‘rsatgan. Shundan keyin tomoshabinlardan biri Rismanni ushbu suratni o‘g‘irlashda ayblagan.

Aniqlanishicha, xuddi shunga o‘xshash surat yana bir suratkash Erik Grendon tomonidan olingan. Qiziqarlisi, ikki surat ham bir-biriga deyarli 100 foiz o‘xshashdir. Shundan keyin suratkashlar bir-birlari bilan bog‘lanib, Grendon Rismanga suratlarni taqqoslash uchun RAW-faylni yuborishini aytgan.

Foto:Unwire

Risman ikki suratni batafsil tahlil qilganda suratlarda deyarli sezilmas farq borligini aniqlagan. Suratlarda panjara va suv sachrashlarida farq bo‘lgan. 

Foto: Unwire

Aniqlanishicha, bir-birini tanimaydigan ikki fotosuratchi mayoqni bir vaqtning o‘zida, bir rakursdan, biroq millisoniya farq bilan suratga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Erkaklar suratga olayotganlarida ularni 30 metrlik masofa ajratib turgan. Natijada ikkala surat ham original deb topilgan.

Mavzuga oid