Jahon | 08:46 / 19.03.2018
15451
1 daqiqa o‘qiladi

Bortida Ivanka Tramp bo‘lgan vertolyotning dvigateli ishdan chiqdi

Foto: Kevin Lamarque/Reuters/REUTERS

AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner bortida bo‘lgan vertolyot dvigateli ishdan chiqqani tufayli aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda CNN telekananali kuch tuzilmalardagi o‘z manbalariga asosan xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Ivanka Tramp va Kushner Vashingtondan Nyu-Yorkka ikki motorli vertolyotda yo‘l olishmoqchi bo‘lgan, keyinchalik dvigatellardan biri ishdan chiqqan.

Manbalar juftlik Nyu-Yorkka oxiri qanday yo‘l bilan yetib borgani, hamda nega ular avvalboshdan samolyotda emas, balki vertolyotda ketishmoqchi bo‘lishganini xabar qilishmagan.

Mavzuga oid