Litvinenkoning otasi o‘g‘lini kim o‘ldirganini aytdi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati sobiq xodimi Aleksandr Litvinenkoning otasi Valter Litvinenko o‘g‘lini kim o‘ldirgani haqida aytib berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Erkakning so‘zlariga ko‘ra, Aleksandr Litvinenko Boris Berezovskiyga juda yaqin aloqalarda bo‘lgan Aleks Goldfarb tomonidan o‘ldirilgan. 2000 yilda Goldfarb Litvinenkoga Turkiyadan Buyuk Britaniyaga kelishga yordam bergan. Bu haqda, uning so‘zlariga ko‘ra, Goldfarbning rafiqasi aytgan. Shuningdek uning ta'kidlashicha, o‘shanda Londonda bo‘lgan Ahmad Zakayev Goldfarbni MRB agenti deb atagan.
«Uni, mening fikrimcha, bir necha marta zaharlashgan. Hattoki shifoxonada ham zaharlashgan», - deya ma'lum qilgan Valter Litvinenko Rossiyaning Birinchi kanalidagi «Pust govoryat» ko‘rsatuvida.
Shuningdek uning xabar berishicha, avvaliga o‘g‘liga «ovqatdan zaharlanish» tashxisi qo‘yilgan, so‘ng u talliy bilan zaharlanishga o‘zgargan, hamda shundan keyingina poloniy-210 qo‘llangani haqidagi versiya tilga olingan.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024