Jahon | 01:58 / 22.03.2018
46113
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda jinoyatchilarni qatl qilishning yangi usuli o‘ylab topildi

Foto: AP

Amerikaning Alabama shtatida ilgari hech foydalanilmagan usulda jinoyatchilarni qatl etishga ruxsat berishdi. Bu haqda WHNT19V portali xabar bermoqda.

Alabama shtatining vakillar palatasi qatl etish chog‘ida azotdan foydalanishga ruxsat beruvchi qonuni ma'qullagan. Agar o‘ldiruvchi inʼeksiya kiritishning imkoni bo‘lmasa, bundan buyon ushbu usuldan foydalaniladi.

«Bu gaz shunchaki ularni uxlatib qo‘yadi. Bu insonparvar, tez va og‘riqsiz amalga oshadi», — degan debatlar chog‘ida respublikachi Jim Hill.

Qonunga qarshilar ushbu usulning og‘riqsiz ekanligiga shubha bildirishmoqda, chunki u shu paytgacha sinab ko‘rilmagan.

«Ilgari biz elektr stullardan foydalanardik, endi gaz kameralariga qaytyapmiz», — degan demokratlar vakili Tomas Jyekson.

Bunday amaliyot AQShda hanuzgacha foydalanib ko‘rilmagan. Ilgari Oklahoma va Missisipi shtatlari ham Alabamada qabul qilingan qonun loyihasiga o‘xshash hujjatni ma'qullashgan. Oklaxomada o‘lim jazosiga e'lon qilingan moratoriy bekor qilishini hamono gazdan foydalanishni boshlab yuborishmoqchi.

Mavzuga oid