Toshkent shahrida bir yilda jinoyatchilik 43,2 foizga kamaydi
Toshkent shahrida 2018 yilning 20 martgacha bo‘lgan davri mobaynida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jinoyat sodir etilishi 43,2 foizga pasaydi. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Rustam Jo‘rayev shu haqda ma'lum qildi.
“2018 yilning o‘tgan 2 oy 20 kunlik muddati davomida Toshkent shahrida barcha turdagi jinoyatlar sodir etilishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamayishi kuzatildi. Xususan, talonchilik 44ta, bezorilik 27ta, o‘g‘rilik 262ta, firibgarlik 144ta, o‘lim bilan bog‘liq YTHlar soni 3ta, yengil tan jarohati yetkazish jinoyatlari 19ta, o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazish jinoyati 4taga kamayishiga erishilgan.
Bundan tashqari, jamoat joylarida jinoyatlar va huquqbuzarliklar sodir etilishi ham kamaygan. Natijada, 2018 yilning 20 martgacha bo‘lgan davri mobaynida Toshkent shahrida jami 1336ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1016taga, ya'ni 43,2 foizga kamayishiga erishilgan”, - dedi Rustam Jo‘rayev.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024