Fan-texnika | 21:48 / 23.03.2018
13529
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda dunyodagi eng katta ruda tashuvchi kema qurildi

Foto: Zhang Jingang / China Daily

Xitoyning China Shipbuilding Industry Corp (CSIC) kompaniyasi buyurtmaga asosan dunyodagi eng katta ruda tashuvchi kema yaratdi. Ore Tianjin deb nomlangan kema 400 ming tonna yuk ko‘tara oladi. 

Kemaning to‘liq yuklanganligini 6,5 mingtadan ko‘proq vagonning yuklanganligiga qiyoslash mumkin. Kemaning uzunligi 362 metr, eni 65 metrni tashkil qiladi va uni to‘liq yuklash 16,7 soat vaqt oladi.

Ore Tianjin qayta yoqilg‘i quyishsiz 25,5 ming dengiz milini soatiga 14,5 uzel (27 km) tezlik bilan o‘ta oladi. Bu esa kema sayyoramizdagi istalgan ikki port orasidagi masofani to‘xtashlarsiz o‘ta olishini anglatadi. Yoqilg‘i sifatida suyultirilgan tabiiy gaz ishlatilishi mumkin.

Foto: Zhang Jingang / China Daily

Kema Braziliyaning Vale kompaniyasi buyurtmasiga ko‘ra qurilgan va Braziliyadan Xitoyga temir rudasi tashish uchun mo‘ljallangan. Uning qurilishi 2016 yil oktabrda boshlanib, 2017 yil sentabrda yakunlangan. Kema dengizda 2018 yil yanvarida sinovdan o‘tkazilib, loyihaviy ko‘rsatkichlarga to‘liq muvofiq kelishini tasdiqlagan.

Mavzuga oid