Jahon | 20:00 / 23.03.2018
7102
1 daqiqa o‘qiladi
World of Tanks mualliflari selfi uchun ikki xodimni ishdan bo‘shatishdi
16 mart kuni Wargaming ofisiga Andrash Arato tashrif buyurgani ma'lum bo‘ldi. Andrash Arato — mashhur "Og‘riqni yashiruvchi Harold" memi qahramoni. Vengriya yulduzining tashrifi sabablari haqida xabar qilinmagan.
"Harold"ning tashrifi haqida Wargaming'ning ikki xodimi Instagram'idan ma'lum bo‘lgan. Ular o‘z sahifalarida Arato bilan selfilarini joylashtirishgan.
Bir necha soat o‘tib, suratlar o‘chirib tashlangan. 20 mart kuni o‘sha ikki xodimning ishdan bo‘shatilgani aniqlangan. Sobiq Wargaming fitnes-murabbiyi Aleksandr Xvashevskiyning aytishicha, u o‘z xatti-harakatlari bilan korporativ sirni oshkor qilganini bilmagan.