Sport | 17:50 / 25.03.2018
15275
1 daqiqa o‘qiladi

Kostya Tszyu yurak xurujini boshdan kechirdi

Foto: Sport Ekspress

Rossiyalik sobiq bokschi Konstantin Tszyuda infarkt holati kuzatildi. Bu haqda «Zvezda» telekanali xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, sportchi hozirda operatsiyadan chiqqan va muolajalarni davom ettirmoqda.

«Ertalab hojatxonaga borgandim, birdan yiqilib tushdim. Ma'lum bo‘lishicha, menda xolesterin miqdori juda ham oshib ketgan ekan», — deya gapirib o‘tgan Tszyuning o‘zi «Perviy kanal»ning «Jit zdorovo» ko‘rsatuvida.

Sobiq sportchiining yurakka qon haydovchi tomir trombi yorilib ketgan. Operatsiya voqeadan bir hafta o‘tib o‘tkazilgan, hozirda 48 yoshli bokschi o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Mavzuga oid