Jamiyat | 11:02 / 26.03.2018
6149
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda taqinchoq talonchisi ushlandi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishcha, noma'lum shaxs 31-dahada joylashgan 295-sonli o‘rta maktab binosi oldida shu dahada yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan D.R.ning bo‘ynidan umumiy qiymati 2.500.000 so‘mlik zanjirini tortib olib ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yunusobod tumani Tosh GRES ko‘chasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan F.O. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
13:49 / 16.08.2024
Toshkentda ikki nafar bola ko‘p qavatli uy xonadonidagi yong‘indan qutqarildi
10:43 / 30.07.2024
Toshkentda xorijga yuborishni va’da qilgan shaxsning yonidan qalbaki 8400 dollar chiqdi
13:52 / 15.06.2024
Uchtepa tumanida Mercedes-Benz mikroavtobusida yong‘in kelib chiqdi
12:04 / 12.06.2024