Jahon | 17:58 / 28.03.2018
15945
1 daqiqa o‘qiladi

Imomali Rahmon Panjikentga bordi, Samarqandga elektr energiyasini uzatish imkoni yaratildi

Foto: photogoroda.com

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bugun Panjikentga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi.

Panjikentda u Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalarda, turli obektlarning rasmiy ochilish marosimida qatnashdi, shuningdek, mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Imomali Rahmon Panjikentga kelganidan so‘ng «Ayniy-Rudakiy» LEP elektr uzatish liniyasi va «Rudakiy» rekonstruksiya qilingan nimstansiyasini foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi.

Ta'kidlanishicha, «Rudakiy» nimstansiyasi orqali Samarqand viloyatiga elektr energiyasini uzatish va O‘zbekistondan elektr energiyasini olish imkoniyati bor.

Rekonstruksiyadan so‘ng «Rudakiy» nimstansiyasi quvvati ikki barobar oshdi va elektr energiyasining yo‘qotilishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilandi.

Mavzuga oid