Sport | 12:01 / 28.03.2018
11557
2 daqiqa o‘qiladi

Rustam Qosimjonov Fabiano Karuanani jahon chempionligi uchun uchrashuvga olib chiqdi

Joriy yilning 10-28 mart kunlari Germaniyaning Berlin shahrida shaxmat bo‘yicha Toj talabgorlari musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen bilan jahon shaxmat toji uchun uchrashuvga chiquvchi talabgorni aniqlovchi eng nufuzli musobaqalardan biri hisoblanadi. 

Shaxmat federatsiyasi xabariga ko‘ra, musobaqada 8 nafar jahon shaxmat yulduzi: Shahriyor Mamedyorov (Ozarboyjon), Vladimir Kramnik (Rossiya), Uesli So (AQSh), Levon Aronyan (Armaniston), Fabiano Karuana (AQSh), Din Lijen (Xitoy), Aleksandr Grishchuk (Rossiya), Sergey Karyakin (Rossiya) ishtirok etdi.

Musobaqa ikki davra tizimida o‘tkazildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, hamyurtimiz Rustam Qosimjonov yordamchi murabbiyligi ostida musobaqada ishtirok etgan amerikalik Fabiano Karuana 9 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarni ozarboyjonlik Shahriyor Mamedyorov hamda rossiyalik Sergey Karyakin egalladi. 

Fabiano Karuana joriy yilning noyabr oyida Buyuk Britaniyaning London shahrida norvegiyalik Magnus Karlsen bilan jahon shaxmat toji uchun bo‘lib o‘tadigan bahsda ishtirok etadi.

Mavzuga oid