Jahon | 08:55 / 28.03.2018
14917
1 daqiqa o‘qiladi

Skripalning onasi o‘g‘li zaharlanganini bilmaydi - BBC 

Foto: TASS

Solsberida zaharlangan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning onasi o‘g‘liga hujum ro‘y berganini hali ham bilmaydi. Bu haqda Skripalning qarindoshi Viktoriya BBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Ustuvor narsa – Skripalning onasini turli gap-so‘zlardan chetda tutish, u hech narsani eshitishi kerak emas», - deya aytib o‘tdi Viktoriya Skripal.

Uning ta'kidlashicha, GRU sobiq polkovnigiga uyushtirilgan hujum ortida kim turganini aniq bilmaydi. Shuningdek uning qayd etishicha, Britaniya tomonidan taklif olsa, zaharlangan Sergey va Yuliya Skripalning oldiga jo‘nab ketgan bo‘lardi.

Mavzuga oid